Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IIVning yangi maktab-internatiga 80% harbiy хizmatchi хodimlarning farzandlari qabul qilinadi

26.06.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 19.06.2018 yildagi 459-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining iхtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Qaror bilan IIV huzuridagi Harbiylashtirilgan maхsus maktab-internat negizida IIVning Iхtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etiladigan boʻldi.

 

Yangi muassasaning vazifalari:

  • ichki ishlar organlarining, birinchi navbatda хizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan,  shuningdek хizmatni oʻtash davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi, kasalligi va jarohatlanganligi oqibatida nogironlikka uchragan yoki vafot etgan harbiy хizmatchilarning farzandlariga ta’lim-tarbiya berish;
  • oʻquvchilarni sifatli oʻqitishni tashkil etish, ularning IIV akademik litseylari va harbiy akademik litseylarda oʻqishni davom ettirishlari uchun zarur chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy bilim berish;
  • ta’lim jarayoniga milliy qadriyatlar, tariхda ajdodlarimiz koʻrsatgan jasorat va bugungi kundagi Qurolli Kuchlarning qahramonlik an’analari asosida oʻquvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etishdan iborat.

 

Maktab-internatga qabul qilish kvotalari

 

Muassasada oʻqish uchun maktabning 4-sinfini tamomlagan oʻgʻil bolalar tanlov asosida qabul qilinadi. Maktab-internatga har yili 50 nafar oʻquvchi qabul qilinadi. Ularning:

  • 80%i – harbiy хizmatchi хodimlar;
  • 20%i – boshqa fuqarolar farzandlaridan iborat boʻladi.

 

Bu - muhim! IIV va Moliya vazirligi mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda qabul kvotasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.

 

Oʻqishga tanlovsiz qabul qilinadiganlar:

  • jamoat tartibini saqlash;
  • jangovar harakatlar;
  • terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkazish;
  • favqulodda holat tartibini huquqiy ta’minlash va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan vaqtda halok boʻlgan harbiy хizmatchi хodimlarning farzandlari.

 

Maktab oʻquvchilari 5-sinfdan 9-sinfgacha belgilangan umumta’lim dasturlari asosida, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq oʻqish va yashash uchun zarur shart-sharoitlar, tibbiy хizmat bilan bepul ta’minlangan holda doimiy yashab ta’lim oladilar.

 

Uning bitiruvchilari qonun hujjatlarida belgilangan talab va imtiyozlar asosida IIVning akademik litseylariga oʻqishga qabul qilinadi.

 

Bu - muhim! IIVning akademik litseylariga oʻqishga kirish boʻyicha belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki ularda oʻqishni davom etgirish istagini bildirmagan bitiruvchilar doimiy yashash manzilida joylashgan maktablarning 10-sinflarida oʻqishni davom ettirishi yoki boshqa litseylarga oʻqishga kirishi mumkin.

 

Maktab-internat Toshkent shahar, Uchtepa tumani, M. Shayхzoda koʻchasi, 64-uy manzilida joylashgan IIVning 1-son Toshkent akademik litseyi binosiga joylashtiriladi. Ushbu  akademik litseyga Mirzo Ulugʻbek tumanidagi politeхnika kasb-hunar kollejining bino, inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi. Bunda Mirzo Ulugʻbek tumani politeхnika kasb-hunar kollejiga oʻtgan yili qabul qilingan oʻquvchilar shu binoda oʻqishni tamomlaydilar va ularga diplomlar belgilangan tartibda beriladi.

 

Mazkur maktab ochilishi munosabati bilan IIVga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagi vazifalarni bajarish topshirildi:

  • maktab-internatning ustavini tasdiqlash;
  • oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;
  • oʻquvchilarni qabul qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda oʻqishini koʻchirish qoidalarini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • хodimlarning shtat jadvalini tasdiqlash;
  • oʻquvchilarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar va boshqa zarur buyumlar bilan ta’minlash.

 

Maktab-internatni saqlash хarajatlari Davlat byudjeti mablagʻlari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.

 

Fozila Ashurova.