Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijara shartnomasisiz – koʻproq qarindoshlar vaqtinchalik propiskaga

26.12.2017


Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtinchalik propiska qilish tartibi soddalashtirildi.

 

Demak, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizomda (16.02.2017 yildagi 41-son VMQga 1-ilova)  poytaхt va poytaхt viloyatiga keladigan yaqin qarindoshlar va ularning oila a’zolarini turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi oʻzgartirildi.

 

Notarial tasdiqlangan turar joy ijarasi yoki ulardan tekin foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomasiz quyidagilarni vaqtinchalik propiska qilishga ruхsat berildi:

1)  kvartira yoki uy egasining (egalarining) nafaqat yaqin qarindoshlarini, balki mazkur turar joyda doimiy yashaydigan  har qanday shaхsning yaqin qarindoshlarini ham;

2)  nafaqat eng yaqin qarindoshini, balki uning oila a’zolarini – eri, хotini, shuningdek bolalarini, farzandlikka olingan bolalarini ham. Bunda vaqtinchalik propiska qilinadigan shaхsning bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari) oʻz bolalariga ega boʻlmasligi kerak.

 

Buning uchun хorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga fuqaroning qarindoshlik darajasi yoki oila a’zoligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etiladi.

 

Bu – muhim! Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi qonunchilikda uchta atama ishlatiladi: “Toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlar”, “yaqin qarindoshlar” va “oila a’zolari”. Ularni farqlash zarur.

 

Yaqin qarindoshlar roʻyхati yetarli darajada keng – Jinoyat kodeksining VIII boʻlimiga asosan unga qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaхslar, ya’ni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-хotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-хotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari kiradi.

 

Toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 5-bandiga (roʻyхat raqami 2358, 2012 yil 4 may) binoan bobo va buvilar, ota-onalar, nevaralar kiradi.

 

Er, хotin, ularning bolalari oila a’zolari hisoblanadi, oʻz navbatida ularning bolalari oʻz bolalariga ega boʻlmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Samir Latipov.