Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari oshirildi

06.01.2017

Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi (27.12.2016  yildagi PQ-2699-son) Qarori bilan mol-mulkini  ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining yangi eng kam stavkalari tasdiqlandi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarga shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda soliq solinadi. Ammo ushbu summa ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan summadan kam boʻlmasligi darkor.

 

Mol-mulkini ijaraga berayotgan jismoniy shaхslar uchun oylik ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1,5 barobar oshirildi va quyidagi miqdorlarda belgilandi:

 

1. Uy-joylar (umumiy maydonning 1 kv.metri uchun soʻmda):

  • turar joy:

- Toshkent shahrida – 4 500;

- Nukus shahri va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000;

- boshqa aholi punktlarida – 1 500;

 

  • noturar joy:

- Toshkentda – 9 000;

- Nukus shahri va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlarda – 6 000;

- boshqa aholi punktlarida – 3 000;

 

2. Avtotransport (1 ta avtotransport vositasi uchun soʻmda):

  • yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi) – 330 000;

 

  • mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari – 645 000.

 

Eslatib oʻtamiz, yuridik shaхslar uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari har yili viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



Irina Aхmetova

ekspertimiz.