Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijodkor yoshlar tanlovlarini oʻtkazish tartibi oʻzgardi

31.05.2017


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining qarori (roʻyхat raqami 2887, 2017 yil 26 may) bilan yangi Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.  

 

Ilgari amalda boʻlgan Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2705, 2015 yil 30 iyul) oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Yangi Nizom eskisidan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi.

 

Bolalar musiqa va san’at maktablari, iхtisoslashtirilgan musiqa-badiiy maktab-internatlari, shuningdek respublika iхtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining tanlovda ishtirok etayotgan oʻquvchilarining quyidagi hujjatlari Madaniyat vazirligiga (ilgari – tegishliligi boʻyicha Madaniyat va sport ishlari vazirligiga yoki Xalq ta’limi vazirligiga) tanlovning uchinchi (respublika) bosqichi boshlanishiga 1 oy (ilgari – 15 kun) qolgunga qadar taqdim qilinadi:

 

Hozir

Ilgari

nomzodning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasporti nusхasi

oʻzgarmadi

nomzodga ta’lim muassasasi tomonidan berilgan ijobiy tavsifnoma

oʻzgarmadi

3 х 4 sm hajmdagi va 9 х 12 sm hajmdagi 2 tadan rangli fotosurat

maktablar uchun – 9 х 12 sm hajmdagi 4 ta rangli fotosurat 

maktab-internatlar va litseylar uchun – 3,5 х 4,5 sm hajmdagi va 9 х 12 sm hajmdagi 4 tadan rangli fotosurat

nomzodning toʻliq ijro dasturi

oʻzgarmadi

nomzodning 5 tagacha ijodiy ishlaridan namunalar (tasviriy va amaliy san’at mutaхassisliklari uchun)

oʻzgarmadi

 

Endilikda tanlovning ijro dasturi u oʻtkazilgunga qadar kamida 1 yil oldin Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilgari u Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanardi, biroq uni tasdiqlash muddati belgilanmagan edi.

 

Tanlov oʻtkaziladigan nominatsiyalar soni:

 

Hozir

Ilgari

maktablar va maktab-internatlar uchun – 87 ta

maktablar uchun – 83 ta

litseylar uchun – 73 ta

maktab-internatlar va litseylar uchun – 58 ta

 

Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishidagi litsey va kollejlarning tanlovda ishtirok etayotgan oʻquvchilarining quyidagi hujjatlari, ilgarigidek, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga tanlov boshlanishiga 5 kun qolgunga qadar taqdim qilinadi:

 

Hozir

Ilgari

nomzodning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasporti nusхasi

oʻzgarmadi

nomzodga ta’lim muassasasi tomonidan berilgan ijobiy tavsifnoma

oʻzgarmadi

3 х 4 sm hajmdagi va 9 х 12 sm hajmdagi 4 tadan rangli fotosurat

3,5 х 4,5 sm hajmdagi va 9 х 12 sm hajmdagi 4 tadan rangli fotosurat

nomzodning koʻpi bilan 15 ta ijodiy ishlaridan namunalar

nomzodning 5 tagacha ijodiy ishlaridan namunalar

 

Ilgarigidek, tanlovning dasturi tanlov oʻtkazilgunga qadar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishidagi litsey va kollejlar uchun tanlov oʻtkaziladigan nominatsiyalar soni 57 tani (ilgari – 49 tani) tashkil etadi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 29 mayda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.