Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari ochiq reyestrga kiritiladi

05.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.11.2024 yildagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VMQ-796-son qarori qabul qilindi.

 

Reyestrni yuritishning asosiy maqsadi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalarini tizimlashtirish, monitoring qilish va ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning yagona ochiq elektron aхborot bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini oshirish boʻyicha ta’sirchan choralarni belgilash hisoblanadi.

 

Hujjat bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari ochiq reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi, u quyidagilarni tartibga soladi:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ochiq reyestrga kiritish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, undan ma’lumotlarni oʻchirish;
  • reyestrga kiritilishi lozim boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari toʻgʻrisidagi aхborot manbalari va turlari;
  • ijro etuvchi hokimiyat funksiyalari pasportini shakllantirish;
  • vakolatli organ va ijro etuvchi hokimiyat organlarining huquq va majburiyatlari.

 

Reyestr Adliya vazirligi tomonidan "Davlat funksiyalari" avtomatlashtirilgan onlayn aхborot tizimida shakllantiriladi va yuritiladi. Nizom talablari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritishga ham tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova