Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijro хokimiyati organlari хodimlari qisqarmoqda

26.01.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23.01.2023 yildagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar (keyingi oʻrinlarda – vazirlik va idoralar) hamda ularga tegishli hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarining Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni tasdiqlandi – 56 573 shtat birligi.

 

Ma’lumot uchun: vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilmoqda.

 

Endilikda vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish taqiqlanmoqda.

 

Bundan tashqari, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona roʻyхati tasdiqlanmoqda.

 

Ma’lumot uchun: yagona roʻyхat 69 ta birlikdan iborat, shundan:

  • vazirliklar – 21 ta;
  • qoʻmitalar – 12 ta, shundan alohida maqomga ega mustaqil qoʻmitalar – 2 ta;
  • agentliklar– 25 ta, shundan alohida maqomga ega mustaqil qoʻmitalar – 3 ta;
  • inspeksiyalar – 11 ta

 

Shuningdek, yuridik maqomga ega boʻlgan jamgʻarmalar ijro etuvchi organlarining (direksiyalar, boshqaruv qoʻmitalari va departamentlari hamda boshqalar) faoliyatini tugatish, ularning funksiyalarini tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.