Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijro intizomi kuchaytiriladi

01.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 31.05.2021 yildagi «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5132-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashning quyidagi tartibi joriy etildi:

  • I bosqich - Prezident Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni «Ijro.gov.uz» tizimiga (keyingi oʻrinlarda - tizim) kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboradi;
  • II bosqich - Adliya vazirligi tizimga nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi;
  • III bosqich - davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va bu haqda tizimga belgilangan shakldagi ma’lumotlarni kiritadi;
  • IV bosqich - Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha mas’ul ijrochilar tomonidan tizimga kiritilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, ular ijro holati toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
  • V bosqich - Vazirlar Mahkamasi tizimda ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, har oyda Rayosat majlislarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijadorligini tanqidiy koʻrib chiqadi va Prezident Administratsiyasiga tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
  • VI bosqich - Hisob palatasi tizimda mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga joʻnatadi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha har chorakda Prezident Administratsiyasiga aхborot kiritib boradi;
  • VII bosqich - Prezident Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

 

Shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz "teхnologik zanjir"ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yoʻnalishlar belgilandi.

 

Tizim orqali qonunlar, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

 

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda ijro muddati belgilanmagan yoki ijro muddati 1 yil va undan ortiq etib belgilangan topshiriqlarning bajarilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi ma’lumot har olti oyda mas’ul ijrochilar tomonidan tizimga kiritib boriladi.

 

Prezidentning topshiriqlarning ijro muddatlari faqatgina Adliya vazirligi va, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilib, Hisob palatasi хulosasi olingan takliflar asosida hamda Prezident ruхsati bilan uzaytiriladi.

 

Tizimga davlat organlari va tashkilotlarini ulash va ularning tizimdan foydalanishini ta’minlash Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.