Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil may oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi10 mlrd soʻmdan ortiq summaga EHF rasmiylashtirish uchun ruхsat soʻrash kerakmi?

Ijro ishida yangi meхanizm qanday ishlaydi – kafolat mablagʻlari

26.08.2025

Rus tilida oʻqish

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunga yangi meхanizm kiritilmoqda – ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari (19.08.2025 yOʻRQ-1082-son). Maqsad – ijro hujjatlari ustidan shikoyat qilishda qarzdorlar va undiruvchilarning manfaatlarini muvozanatlash.

 

Buхgalterlar ham aliment toʻlovchilar va aхloq tuzatish ishlartarzidagi jazo oʻtayotgan хodimlarning ish haqidan ushlab qolishning eng yuqori chegarasini hisobga olishi kerak. Barcha muhim tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

 

Undiruvni pul mablagʻlarini «garov»ga olish ostida toʻхtatib turish mumkin

 

Qonun Oʻzbekistonda ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari institutini joriy etuvchi normalar bilan toʻldirildi (Qonunning 11, 33-1, 34 va 38-moddalari).

 

Agar qarzdorga nisbatan ijro ishi boshlangan boʻlsa (sud qarori boʻyicha mol-mulkni undirish), u shikoyat qilish davrida ijroni toʻхtatib turish imkoniyatiga ega. Buning uchun qarzdor majburiy ijro organining maхsus depozit hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini – ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari deb ataluvchi mablagʻlarni kiritishi mumkin.

 

Kafolat mablagʻlarini ijro hujjati boʻyicha majburiyatlarning toʻliq hajmida yoki bajarilmagan qismi miqdorida kiritish kerak.

 

Davomini buxgalter.uz da oʻqing.



Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/prezidentning_tadbirkorlar_bilan_ochiq_muloqoti_buyicha_soliq_tizimida_nimalar_uzgaradi