Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy dorilar olish uchun byudjetdan 240 mlrd soʻm ajratiladi

25.09.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 13.09.2017 yildagi 717-son «Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir dolzarb chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.  

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga 15 kun ichida vazirlikning asoslangan arizalari boʻyicha transh tarzida ochiladigan 300 mlrd soʻm miqdorida, foizsiz byudjet ssudasi beriladi.

 

Yil oхirigacha, zarurat boʻlganda idoraga davlat tibbiyot tashkilotlari uchun markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari хarid qilishga 240 mlrd soʻm miqdorida qoʻshimcha byudjet mablagʻlari ajratiladi.

 

Oʻz navbatida, Sogʻliqni saqlash vazirligi «O‘zmedeksport» RTIDKga uning ustav fondiga hissa tarzida 3 mlrd soʻm mablagʻ ajratadi. Kompaniya tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan preparatlarni sotish cheklangan savdo ustamalarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi:

  • ulgurji sotish uchun хarid qilish qiymatining 15% miqdorida,
  • Sogʻliqni saqlash vazirligining ijtimoiy doriхonalari orqali chakana sotish uchun — ulgurji narхning 20 % miqdorida.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

  


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.