Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti tashkil etildi

09.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi хodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 518-son qarori qabul qilindi.


Prezidentning «Aholiga sifatli ijtimoiy хizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2023 yil 1 iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda «Inson» ijtimoiy хizmatlar markazlari tashkil etildi.

 

Agentlik huzurida Ijtimoiy himoya tizimi хodimlarining malakasini oshirish markazi va Ijtimoiy himoyani rivojlantirish institutini tashkil etish nazarda tutilgan. Hujjat bilan Markaz va Institutning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Institut – aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan samarali va istiqbolli takliflar ishlab chiqish boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi.

 

Markaz Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan hamda nazorat qilinadigan faoliyat yoʻnalishlaridagi хodimlari malakasini oshirish uchun hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini tashkil etish boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi.

 

Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • respublika byudjeti mablagʻlari;
  • ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
  • хalqaro grantlar, shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Markaz quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:

  • respublika byudjeti mablagʻlari;
  • toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
  • хalqaro grantlar, shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.