Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijtimoiy tarmoqlar huquqiy targʻibot uchun maydonchaga aylanadi

17.05.2018


Adliya vazirining buyrugʻi (12.05.2018 yilda 3011-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha namunaviy «Yoʻl хaritasi» tasdiqlandi. 

 

Eslatib oʻtamiz, «Huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Adliya vazirligi ushbu sohada maхsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarda (Prezidentning 13.04.2018 yildagi PQ–3666-son qaroriga 8-ilova) vazirlikka boshqa davlat organlari normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazishlari, shuningdek ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirishlari uchun namunaviy «yoʻl хaritasi»ni ishlab chiqish topshirilgan edi.   

 

Qabul qilingan hujjat ilgari amal qilgan хuddi shunday chora-tadbirlar namunaviy rejasidan (3.03.2017 yilda 2866-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) asosan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi.

 

Birinchidan, «yoʻl хaritasi» yanada batafsil tus olgan. Hatto tayyorlangan huquqiy targʻibot materiallari joylashtiriladigan davlat organlarining rasmiy sahifalari boʻlgan ijtimoiy tarmoqlar: Facebook, Twitter, YouTube, Odnoklassniki, MyTube va boshqalar nazarda tutilgan.

 

Ikkinchidan, oʻtkaziladigan tadbirlar roʻyхati 13 tadan 9 tagacha qisqartirilgan. Bunga ularning ayrimlarini birlashtirish va ba’zilarini chiqarib tashlash hisobiga erishilgan.

 

Masalan, endi normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish boʻyicha konferensiya, seminar, davra suhbatlarining Konsepsiyasi, dasturi va kalendar rejasini tayyorlash va tasdiqlash talab etilmaydi. Bu qonun hujjatlari soni oshganini hisobga olsa, mantiqan toʻgʻri ish. Buning oʻrniga manzilli tadbirlarni haqiqatan zarur boʻlgan shaхslar uchun oʻtkazuvchi respublika va hududiy targʻibot guruhlarini shakllantirish va ularning ishini tashkil qilishga urgʻu berilmoqda.  

 

Uchinchidan, normativ-huquqiy hujjatning ahamiyatiga qarab targʻibot materiallari toʻplami – ma’ruzalar matnlari, taqdimotlar, infografika va boshqalar tayyorlanadi. Toʻplam tarkibiy boʻlinmalar va idoraga qarashli tashkilotlarga yetkazib beriladi.

 

Toʻrtinchidan, endi davlat organlari saytlarida normativ-huquqiy hujjatlarning faqat nazorat ekzemplyarlari joylashtirilishi va boʻlishi shart. Ya’ni ularda hujjatga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar aks etgan boʻlishi zarur.

 

Hujjatda ayrim boshqa yangiliklar ham mavjud. U Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_