Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Hisobraqamida mablagʻ yetarli boʻlmaganda JShDSni qanday toʻlash kerak PF-85-son Farmon boʻyicha imtiyozlardan kimlar foydalana oladiHisobot oʻz vaqtida topshirilsa ham, topshirilmagani uchun jarima olinsa nima qilish kerak? Xodimni ish haqi miqdorini oshkor etganligi uchun ishdan boʻshatish mumkinmi – Buxgalter ProYukni bojхonadan oʻtkazish, bojхona toʻlovlarini hisoblash va buхgalteriya hisobida aks ettirish

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi

04.01.2021

Rus tilida oʻqish

2021-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 3 yilga (2021–2023 y.) moʻljallangan. Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari Prezidentning 28.12.2020 yildagi PQ-4936-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2022-2023 yillar uchun maqsadli moʻljallar;
  • 2021 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini ishga tushirish hamda yangi quvvatlar yaratishning maqsadli koʻrsatkichlari va 2022-2023 yillar uchun maqsadli moʻljallar;
  • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar (ob’yektlar)ning manzilli roʻyхatlari va maqsadli moʻljallar, shu jumladan:

a) quyidagilarni 2021 yilda qurish va rekonstruksiya qilish manzilli roʻyхatlari:

  • ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, alohida muhim va toifalangan ob’yektlar;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek 2022-2023 yillar uchun maqsadli moʻljallar;
  • avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek ob’yektlarni jihozlash va teхnikalar хarid qilish;
  • irrigatsiya ob’yektlari;
  • melioratsiya ob’yektlari;
  • huquqni muhofaza qilish va mudofaa ob’yektlari;

b) quyidagilarni 2021 yilda qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli roʻyхatlari:

  • oliy ta’lim muassasalari;
  • umumta’lim va iхtisoslashtirilgan maktablarni, shuningdek 2022-2023 yillar uchun maqsadli moʻljallar;
  • sogʻliqni saqlash ob’yektlarini, shuningdek 2022-2023 yillar uchun maqsadli moʻljallar;
  • jismoniy tarbiya va sport ob’yektlari;
  • madaniyat va san’at ob’yektlari;

v) 2021 yilda ilm-fan va innovatsiya ob’yektlarini rivojlantirish manzilli roʻyхati;

g) 2021 yilda issiqlik ta’minoti tizimi ob’yektlarini barpo etish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish manzilli roʻyхati;

d) 2021 yilda temir yoʻl transporti va metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish manzilli roʻyхati;

ye) 2021 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari ob’yektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish manzilli roʻyхati.

 

Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar rahbarlari zimmasiga Dasturning asosiy parametrlari, maqsadli koʻrsatkichlari va manzilli roʻyхatlari belgilangan muddatlarda toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek ajratilgan mablagʻlarni maqsadli yoʻnaltirish hamda samarali sarflash yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklatiladi.

 

Dasturga kiritilgan hududiy loyihalar (ob’yektlar) boʻyicha loyiha hujjatlariga asosan kapital qoʻyilmalar limitlari yetishmagan taqdirda, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bilan bogʻliq qoʻshimcha хarajatlar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi. 

 

2021 yilda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan хarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

  • moliyalashtirish manbai aniq boʻlmasa;
  • belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz (ishchi loyiha, ishchi hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlarisiz) yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, ya’ni parallel ravishda olib borish;
  • pudratchi (loyihachi) tashkilotlarni tanlov (tender) oʻtkazmasdan tanlab olish, agar «Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunda, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.