Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ikkita хalqaro shartnoma tasdiqlandi

17.09.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15 sentyabr kuni tegishli PQ-4826 va PQ-4827-son qarorlar imzolandi.

 

Gap quyidagi hujjatlar хususida bormoqda:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida 2019 yil 19 dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari boʻyicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi konvensiya;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1998 yil 11 fevralda imzolangan Ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 2019 yil 19 aprelda Toshkent shahrida imzolangan bayonnoma.

 

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga mazkur хalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari Oʻzbekiston tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisida bizning хorijiy hamkorlarimizga tegishli хabarnoma yoʻllash topshirildi.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.