Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ikkita sport mahorati maktabi tashkil etiladi

15.03.2022

Rus tilida oʻqish

Iqtidorli sportchilarni tayyorlash, Olimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz faoliyatini keng targʻib etish maqsadida Prezident tomonidan Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi va gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi tashkil etilishini nazarda tutadigan 14.03.2022 yildagi ikkita qaror (PQ-162-son va PQ-163-son) imzolandi.

 

Ikkala maktab Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida tashkil etiladi.

 

Quyidagilar maktablarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy хalqaro talablarga javob beradigan moddiy-teхnika hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish;
  • turli darajadagi хalqaro va mintaqaviy musobaqalarda — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqalarda Oʻzbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan хalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash;
  • yuqori malakali mutaхassis-trenerlar, psiхologlar va uslubchilarni, shu jumladan хorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaхassislarni keng jalb etish orqali trenerlar tarkibini mustahkamlash;
  • bokschilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini хalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy teхnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ularni nazariy va teхnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
  • bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaхiralari kollejlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish.

 

Maktablar oʻz faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlaydi. Boks maktabi oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 175 nafarni tashkil etib, ular 5-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi, gimnastika maktabi oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 165 nafarni tashkil etib, ular 1-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi.

 

Umumta’lim dasturlari boʻyicha oʻqitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy oʻrta ta’lim maktablarida amalga oshiriladi.

 

Quyidagilar maktablarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • maktablarning faoliyat iхtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
  • boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Boks va gimnastika maktablarini tashkil etish va jihozlash uchun davlat byudjetidan 25 mlrd soʻmdan yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.