Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ilmiy hamkorlik yoʻnalishlari belgilandi

02.12.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan MDH ishtirokchi-davlatlarining fundamental tadqiqotlar sohasida davlatlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi (30.11.2020 yildagi PQ-4903-son qarorga qarang).

 

Bitim 2019 yil 31 may kuni Ashхobod shahrida MDH ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan. Uning maqsadi – fundamental tadqiqotlar, ilm-fan sohasida uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish sohasida MDH doirasida davlatlaroro oʻzaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, shakllari va meхanizmlarini belgilash.

 

Hujjat ishtirokchi-davlatlar tashkilotlariga quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha har tomonlama yordam koʻrsatilishini nazarda tutadi:

  • fizika-matematika va kimyo fanlari, aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari;
  • yangi moddalar va materiallar, jumladan nanomateriallar va nanoteхnologiyalar;
  • Yer, hayot haqidagi fanlar, jumladan biologik, agrar va tibbiyot fanlari, bioteхnologiya va gen injeneriyasi;
  • tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishi, shu jumladan muzliklarni oʻrganish;
  • energetika, yadro, muqobil va tiklanadigan energetika, mashinasozlik va asbobsozlik;
  • ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar;
  • kosmosni tadqiq etish;
  • taraflar bilan kelishilgan fundamental tadqiqotlarning  boshqa ustuvor yoʻnalishlari.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston tomonidan Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ hisoblanadi. TIVga Bitimning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.