Vazirlar Mahkamasining 24.11.2016 yildagi 394-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – IMA ).
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- IMA nizomga tushdi
IMA nizomga tushdi
28.11.2016

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2016 yildagi PQ–2637-son Qarori normalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Nizomga koʻra, IMAni Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan vazifasiga tasdiqlanadigan va undan ozod etiladigan bosh direktor boshqaradi, uning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan va ishdan ozod etiladigan ikkita oʻrinbosari boʻladi (ilgari – bitta).
Moddiy, maishiy, transport, tibbiy xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra, bosh direktor vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktor oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
IMA tizimida quyidagilar faoliyat koʻrsatadi:
- bosh direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha) hamda Agentlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibdagi hay’at;
- kashfiyotlar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bogʻliq apellyatsiyalarni, shuningdek tovar belgilarini Oʻzbekiston Respublikasida umumiy e’tirof etilgan deb tan olinishi toʻgʻrisidagi arizalarni sudgacha koʻrib chiqish uchun apellyatsiya kengashi. Bosh direktor, uning oʻrinbosarlari, IMAning eng malakali va tajribali xodimlari, shuningdek, intellektual mulk sohasi boʻyicha mustaqil olimlar va mutaxassislar uning tarkibidan oʻrin oladi.
- IMAning yuqori malakali xodimlari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, intellektual mulk sohasining yetakchi olim va mutaxassislaridan tashkil topgan ilmiy-texnik kengash intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilishning eng muhim masalalari boʻyicha muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, koʻrib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini, ta’lim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibini, patent vakillari, tadbirkorlik sub’yektlarini hamda intellektual mulk sohasidagi boshqa manfaatdor shaxslarni oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida IMA huzurida intellektual mulk sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazi tashkil etilmoqda.
Ushbu oʻquv markaziga IMA huzuridagi qayta tashkil etilgan «Intellekt Ekspert» DUK birlashtirildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


