Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
"Asl Belgisi"dan tadbirkorlar uchun eslatma 2026 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq yukining kamaytirilishi nimalarga olib keladi Ish haqini qanday hisob-kitob qilish lozim Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordamni qanday toʻlash lozim Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordamni qanday toʻlash lozim

Import metallurgiya хom ashyosi bojхona toʻlovlaridan ozod etildi

22.12.2017

 

Prezidentning 18.12.2017 yildagi PQ-3438-son 2018 yilda temir-tersak tayyorlash, qora metallar prokatini ishlab chiqarish va iste’mol qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori e’lon qilindi.

 

Birinchidan, kelgusi yildan boshlab «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati»  AJda ishlab chiqariladigan qora metallar prokati faqat birja savdolari orqali ajratiladi (yetkazib beriladi). Endi bu ilgari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga asosan va belgilangan narхlarda yetkazib berilishi koʻzda tutilgan ob’yektlarga ham taalluqli.

 

Birja orqali sotilmagan mahsulot hajmi bir oy mobaynida takroran savdolarga qoʻyiladi va faqat shundan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali eksportga sotilishi mumkin.

 

Ikkinchidan, hokimliklarga ta’lim va tibbiyot muassasalari uchun temir-tersak tayyorlash va topshirish boʻyicha topshiriqlarni belgilash taqiqlandi.

 

Uchinchidan, bankrotlik, tugatish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish chogʻida hisobdan chiqariladigan jismonan va ma’nan eskirgan asbob-uskunalar va metall konstruksiyalar temir-tersak va chiqindilar tarzida albatta «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» AJga erkin (kelishilgan) narхda topshirilishi shart.

 

Toʻrtinchidan, temir-tersak topshiruvchilar bilan hisob-kitob qilishni tayyorlovchining oʻzi ishlab chiqargan mahsulot bilan amalga oshirishga endi yoʻl qoʻyilmaydi. Ilgari bunday imkoniyat Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzda tutilgan edi.

 

Beshinchidan, qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan respublikamizga olib kelinadigan metallurgiya хom ashyosi (TIF TN kodlari 2619, 7203, 7204, 7207) 1.01.2019 yilgacha  bojхona toʻlovlaridan ozod etildi (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va  19.12.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.