Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Import qilinadigan un va osh tuzi boyitilgan boʻlishi kerak

27.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Talab 2020 yil 1 apreldan amal qilishni boshlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 noyabrdagi 260-son qaroriga tegishli qoʻshimcha kiritildi (25.12.2019 yildagi 1035-son VMQga qarang).

 

Koʻrsatilgan sanadan boshlab Oʻzbekistonga I nav bugʻdoy uni va osh tuzini faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda import qilish mumkin boʻladi.

 

Hozirgi kunda mikronutriyentlar bilan boyitilgan bugʻdoy unining darajasi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan barcha navdagi unning 30%ini tashkil qilayotganligi shunday qaror qabul qilinishini taqozo etdi. Mikronutriyentlar bilan boyitilgan unni aholining 56%i iste’mol qiladi, temir yetishmasligi anemiyasi profilaktikasini ta’minlash uchun aholining 90%ini qamrab olish darkor.

 

Eslatib oʻtamiz, 2011 yil 1 yanvardan boshlab mamlakat ichida I nav bugʻdoy uni va osh tuzi faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqariladi va sotiladi.

 

Ma’lumot uchun: mikronutriyentlar - inson organizmining normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan, oʻrnini boshqa narsa bosa olmaydigan oziq-ovqat moddalari (vitaminlar va mineral moddalar).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.