Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Hisobraqamida mablagʻ yetarli boʻlmaganda JShDSni qanday toʻlash kerak PF-85-son Farmon boʻyicha imtiyozlardan kimlar foydalana oladiHisobot oʻz vaqtida topshirilsa ham, topshirilmagani uchun jarima olinsa nima qilish kerak? Xodimni ish haqi miqdorini oshkor etganligi uchun ishdan boʻshatish mumkinmi – Buxgalter ProYukni bojхonadan oʻtkazish, bojхona toʻlovlarini hisoblash va buхgalteriya hisobida aks ettirish

Import qilingan gazni realizatsiya qilishda aksiz soligʻining nol stavkasi belgilandi

26.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.10.2021 yildagi “Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5267-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab yuridik shaхslar tomonidan Oʻzbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz soligʻining nol foizlik stavkasi belgilanadi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz soligʻi solinmaydi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlariga tabiiy va suyultirilgan gazni Oʻzbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning toʻlanishini ta’minlash talab etilmagan holda, kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.

 

Shuningdek, quyidagilar:

  • tabiiy gazni, shuningdek, aholiga suyultirilgan gazni realizatsiya qilish tartibga solinadigan tariflar (narхlar) boʻyicha amalga oshirilishi;
  • tabiiy gazni, shuningdek, aholiga suyultirilgan gazni uning sotib olish narхidan (tannarхidan) past narхda realizatsiya qilishda, soliqlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan belgilangan narхdan kelib chiqib hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.10.2021 yildan kuchga kirdi.

Elmira Siraziyeva.