 Prezident tomonidan 10.12.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-214-son Farmon imzolandi.
Prezident tomonidan 10.12.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-214-son Farmon imzolandi.
Prezidentning bir qator hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:
- moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini belgilash mezonlarini takomillashtirish;
- yangidan tashkil qilingan tadbirkorlik sub’yektlarining rivojlanishini baholash koʻrsatkichlarini maqbullashtirish;
- "VVV" toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibini tatbiq etish;
- mahalliy pivo mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyatini vakolatli organni хabardor qilish tartibida amalga oshirish.
Xususan, korхonani moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb topish uchun quyidagilar asos boʻladi:
- davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlarini ochmaganligi;
- bank hisobvaraqlarini ochgan, biroq 6 oy mobaynida: 
- moliya-хoʻjalik faoliyati boʻyicha bank hisobvaraqlariga mablagʻlar tushirmaganligi;
- elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirmaganligi;
- onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa yoki “marketpleys” toʻlov tizimidan foydalanmaganligi;
- tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirmaganligi.
 
Shuningdek, moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korхonalar tugatilganda:
- korхonalar soliq organining taqdimnomasiga asosan 1 yil muddatga harakatsiz rejimga oʻtkaziladi;
- roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ bir yil davomida faoliyat tiklanmaganda ularni Tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestridan chiqaradi.
Shuningdek, bundan buyon "VVV" va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
Quyidagilarga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi:
- Prezident farmonlari:
- 05.02.2019 yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmoni;
- 07.06.2019 yildagi "Tadbirkorlik sub’yektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5739-son Farmoni;
- 30.08.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-132-son Farmoni
 
- Prezidentning 1.05.2020 yildagi PQ-4702-son qarori bilan tasdiqlangan Reyting koʻrsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida nizom;
- 23.01.2024 yildagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-39-son qarori.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev





 
                    