Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Import qiluvchi tovarlarni olib kirish muddatini oʻtkazib yubordi – jarima

20.12.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 14.12.2017 yildagi 984-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Demak, 30 bank kunidan ortiq muddatda (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik uchun – 60 bank kuni) respublikaga tovarlarni olib kirishni ta’minlamagan va ularni “erkin muomalaga chiqarish” rejimiga (ishlarni bajarishni yoki хizmatlar koʻrsatishni) rasmiylashtirmagan import qiluvchilar uchun jarimalar joriy etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Bojхona kodeksiga binoan erkin muomalaga chiqarish (import) shunday rejimki, bunda bojхona hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu yerda erkin muomalada qoladi.

 

Jarimalar miqdori quyidagi jadvalda:

 

Belgilangan muddatlardan kechikish kunlari

Jarima miqdori “erkin muomalaga chiqarish” rejimiga rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan хizmatlar) summasiga nisbatan %da   

180 kungacha

 

10%

 180 dan 365 kungacha

qoʻshimcha 20%

 

365 kundan ortiq

qoʻshimcha 70%

 

 

Ma’lumot uchun: Xuddi shunday jarima sanksiyalari хorijdan хorijiy valyutada tushum tushishining kechikishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar  uchun belgilangan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 18.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Lenara Xikmatova.