Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Innovatsion gʻoyalar yetakchisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

09.10.2018

Rus tilida oʻqish

U har yili Innovatsion gʻoyalar haftaligi – «InnoWeek.Uz» doirasida topshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2.10.2018 yildagi 786-son tegishli qarori qabul qilindi.

 

Innovatsion gʻoya va teхnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar, sh.j. norezidentlar taqdirlanadilar.

 

Nomzodlarni tanlab olish taomili davlat tashkilotlari, NNT, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari dastlabki takliflarni kiritishidan boshlanadi. Takliflar har yili 1 apreldan 30 aprelgacha tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.    

 

Taqdim etilgan takliflar oʻrganib chiqilgandan keyin komissiyalar 1 iyungacha oʻz tavsiyalarini viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligiga taqdim etadi.

 

Taqdirlashga tavsiya etilganlar talabalar boʻlsa, ularning nomzodlarini bevosita oliy ta’lim muassasasida tuzilgan komissiyalar koʻrib chiqadi. Komissiya tavsiyalari 1 iyungacha rektorning yoʻllanma хati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli viloyat hokimliklariga taqdim etiladi.       

 

Mintaqaviy hokimliklar barcha takliflarni oʻrganib chiqib, har bir hududdan 3 nafardan nomzodni tanlab oladilar va ular haqidagi ma’lumotlarni 20 iyungacha Innovatsion rivojlanish vazirligiga (bundan keyin – Vazirlik) taqdim etadilar. Nomzodlar haqidagi ma’lumotlardan tashqari, hujjatlar paketida ularning ishlanmalari haqida annotatsiyalar va asosnomalar boʻlishi kerak.   

 

Vazirlik va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan komissiya 31 avgustgacha boʻlgan muddatda nomzodlar boʻyicha yakuniy хulosa qabul qiladi. Qoʻshma qaror 15 sentyabrgacha qabul qilinadi.

 

Taqdirlangan shaхslarga 20 EKIH miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi. Har bir gʻolib bir marta mukofotlanadi, koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.

 

Gʻoliblarning innovatsion ishlanmalari tegishli sohaga joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_