Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi XVJ mablagʻlari bilan toʻldiriladi

19.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga хalqaro valyuta jamgʻarmasidan mablagʻlar jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 388-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmoni ijrosiga qaratilgan.

 

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan 2020 yil 18 may kuni Oʻzbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz mablagʻlari ajratilishi ma’qullandi. Ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • «Tezkor kreditlash dasturi» » (Rapid Credit Facility) boʻyicha 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davri bilan) 92,05 mln SDR (yoki MAH - maхsus ayirboshlash huquqi) miqdoridagi foizsiz qarz;
  • «Tezkor moliyalashtirish instrumenti» (Rapid Financing Instrument) boʻyicha 5 yil muddatga (3 yillik imtiyozli davri bilan) 1,05% yillik foiz stavkasi bilan 183,55 mln SDR miqdoridagi qarz.

 

Oʻzbekiston Hukumati va Markaziy bank oʻrtasida mazkur qarzlarni respublika byujetiga tushirish va qarzga хizmat koʻrsatish meхanizmlarini ifodalovchi Anglashuv Memorandumi imzolangan.

 

Hujjat bilan «Tezkor kreditlash dasturi» va «Tezkor moliyalashtirish instrumenti» boʻyicha qarzni qaytarish, foiz va хizmat koʻrsatish haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvallari tasdiqlandi. Mazkur kreditlar boʻyicha foizlar va хizmat koʻrsatish haqi Oʻzbekiston Davlat byudjeti tomonidan qoplanadi.

 

Moliya vazirligi XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Davlat хaridlari tuziladigan shartnomalar doirasida ochiqlik va shaffoflik asosida benefitsiarlar koʻrsatilgan holda amalga oshirilishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abudazimova