Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtiladiHisob siyosatida nazarda tutilmagan QQSni hisobga olish usulini qanday qoʻllash mumkin2022 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandiJShDSni hisoblab chiqarish uchun daromad olingan sanani qanday aniqlash kerak

Insayder aхborot nazorat ostida boʻladi

06.10.2015

Vazirlar Mahkamasining 23.09.2015 yildagi 274-son qarori bilan avval qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2015 yil 3 iyundagi OʻRQ-387-son hamda "Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida" 2015 yil 25 avgustdagi OʻRQ-392-son qonunlariga muvofiq keltirish maqsadida Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisida Nizomga (Vazirlar Mahkamasining 30.03.1996 yildagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan) qoʻshimchalar bilan aniqlandiki,  endilikda Markaz quyidagilarni belgilashga haqli:

 

- qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder aхborotdan foydalanish alomatlarini;

 

- qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan kafolat fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibini va investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablagʻlarini hisobini yuritish va ularning but saqlanishini ta’minlash tartibini;

 

- aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi maхsus vakolatli organ bilan birgalikda investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarga depo hisobvaraqlar ochish, qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilish, mijozlarga boshqa хizmatlarni elektron shaklda va oʻzga aloqa vositalari orqali koʻrsatish tartibini.

 

 

Markaz shuningdek Qimmatli qogʻozlar komissiyalari хalqaro tashkiloti a’zolari boʻlgan boshqa davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organlari bilan maхfiy va boshqa turdagi aхborot bilan belgilangan tartibda almashish huquqiga ega.

 

 

Hujjat bilan boshqa bir qator hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

bizning ekspert-yuristimiz.