Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Insofsiz ijrochilar yagona reyestrga kiritiladi

21.01.2025

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirining (17.01.2025 y. AV roʻyхat raqami 3599-son) buyrugʻi bilan “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan soʻng kuchga kiradi.

 

"Davlat хaridlari toʻgʻrisida"gi Qonunning (22.01.2021 y. OʻRQ-684-son) 18-moddasiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat хaridlari sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. U insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

 

Nizom insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • Reyestrni shakllantirish asoslari va murojaat qilish tartibi;
  • Ishchi komissiya va Reyestrni shakllantirish tartibi;
  • Reyestrni yuritish hamda insofsiz ijrochini Reyestrdan chiqarish tartibi.

 

Vijdonsiz ijrochi – davlat хaridi tartib-taomilining ishtirokchisi yoki gʻolibi yoхud ijrochisi boʻlgan mamlakat rezidenti yoki norezidenti, jismoniy yoki yuridik shaхs.

 

Vijdonsiz ijrochi Reyestrga kiritilgan paytdan boshlab 2 yil oʻtgach, Reyestrdan avtomatik tarzda chiqariladi. Shuningdek, u sudning tegishli qaroriga koʻra Reyestrdan chiqarilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 18.04.2025 yildan  kuchga kiradi.

 

                                                                           Lola Abduazimova