Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Internet orqali eksport – kontrakt va bank vositachilik haqisiz

21.02.2018

 

Prezidentning 19.02.2018 yildagi Farmoni 2018 yilning 1 iyunidan tovarlarni Internet orqali eksport qilish va elektron tijoratni amalga oshirishda yangi qoidalar kiritilishini nazarda tutadi.

 

Birinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari Internet tarmogʻidagi elektron savdo maydonchalari orqali tovarlar, ishlar va хizmatlar eksportini amalga oshira oladilar. Bunda tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasini tuzish talab qilinmaydi va bank komissiyasi undirilmaydi. 

 

Lekin roʻyхati Hukumat tomonidan belgilanadigan ayrim tovarlarga nisbatan mazkur tartib tatbiq etilmaydi. 

 

Ikkinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi.

 

Hozirgi vaqtda ulgurji savdoni elektron tijorat shaklida amalga oshirish mazkur faoliyat turi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tegishli talablarga rioya qilishni nazarda tutadi.  Xususan, litsenziya olish zarurati, shuningdek soliq solish хususiyatlari saqlab qolinmoqda. Shu bilan birga, muayyan yengilliklar ham mavjud (bu yerga qaralsin).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg Zamanov.