Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi

Internetda milliy kontent koʻpayadi

25.08.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2017 yildagi 625-son qarori bilan  2017 — 2019 yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur tasdiqlandi.  

 

U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish va ommalashtirish, ularni tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish;
  • Internetning milliy segmentini gʻoyaviy-mazmunan toʻldirish, foydalanuvchilarning, eng avvalo yoshlarning zamonaviy talablariga javob beradigan ommabop axborot resurslari, media-mahsulotlari, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek internet-jurnalistikani rivojlantirish;
  • mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantirish va xorijiy axborot resurslarida uning ulushini oshirish, Oʻzbekiston messenjerlari va ijtimoiy tarmoqlari faoliyatini takomillashtirish, ularning jozibadorligini oshirish hisobiga auditoriyasini kengaytirish;
  • ta’lim kontentini yanada takomillashtirish, «ZiyoNET» ta’lim axborot tarmogʻi imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari oʻquv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratish;
  • Internetda yaratiladigan milliy axborot resurslarini yanada targʻib qilish va ommalashtirish;
  • Internetning global va milliy segmenti rivojlanish tendensiyalarini doimiy oʻrganib borish, milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

 

Kompleks dasturni sifatli amalga oshirish uchun vazirliklar va idoralar, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilandi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.