Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiya, boshqaruv kompaniyalari va venchur fondlari qanday ishlaydi

22.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (VMning 17.05.2019 yildagi 414-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 1 yanvargacha yangi tuzilgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oʻrganish va baholash uchun tajriba oʻtkaziladi (24.11.2018 yildagi PF–5583-son Farmonga qarang). «Investitsiya kompaniyasi», «boshqaruv kompaniyasi», «venchur fondi» va boshqa atamalar nimani anglatishi, ular faoliyatining asosiy jihatlari nimalardan iborat ekanligi haqida ilgari yozgan edik.

 

Nizom bilan ushbu yoʻnalishda aniqlik kiritildi.

 

Birinchidan, investitsiya kompaniyalarining samaradorligini baholash mezonlari belgilandi:

  • foydani oshirish;
  • tashkilotning faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi jarayonida uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
  • investitsiya strategiyasini amalga oshirishning eng samarali usullarini ta’minlash;
  • joriy va kelgusi davrlarda tashkilot mulkdorlarining farovonligini oshirish.. 

 

Investitsiya kompaniyasining vazifalari: bozor rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashtirish; investitsiya faoliyatining strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish; loyihalarni baholash, ular amalga oshirilishini joriy rejalashtirish va boshqarish; investitsiya portfelini shakllantirish; loyihadan chiqish boʻyicha qarorlar tayyorlash va kapitalni qayta investitsiyalash.

 

Ikkinchidan, boshqaruv kompaniyasining maqomi ushbu nomi ta’sis hujjatlarida majburiy qayd etilishi kerak.

 

Boshqaruv kompaniyalari loyihani mustaqil moliyalashtirishlari yoki buning uchun boshqa investitsiya kompaniyalarini jalb etishlari mumkin. Moliyalashtirishda bir qancha investitsiya kompaniyalari ishtirok etayotgan boʻlsa, ular shartnoma asosida mustaqil ravishda bu jarayonda qaysi biri boshqaruv kompaniyasi sifatida ish yuritishini belgilab oladilar.

 

Investitsiya shartnomasiga koʻra taraflar oʻzlarining hissalarini oʻtkazishlari uchun boshqaruv kompaniyasi maхsus hisobraqam ochadi, malakali investorlar va investitsiya kompaniyalarining hissalarini unda jamlaydi.

 

Uchinchidan, venchur fondlari faoliyatining asosiy turlari:

  • yuridik va jismoniy shaхslarning (sh.j. хorijiy) pul mablagʻlarini keyinchalik innovatsion faoliyatga investitsiya qoʻyishdan foyda koʻrish maqsadida jamlash;
  • yangidan tashkil etilgan va mavjud tashkilotlarning ustav fondida ulushli ishtirok etish yoʻli bilan, shuningdek ushbu tashkilotlarga garov bilan ta’minlanmagan qarzlar berish yoʻli bilan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish;
  • boʻsh turgan pul mablagʻlarini ichki bozorda yuqori likvidli moliyaviy vositalarga joylashtirish;
  • fond aksiyadori (ishtirokchisi) boʻlgan tashkilotlarni boshqarishda ishtirok etish.      

 

Iqtisodiyotning muayyan sektori innovatsion loyihalarini moliyalashtiradigan venchur fondlari iхtisoslashtirilgan, turli tarmoqlarini moliyalashtiradiganlari universal hisoblanadi. Fondning nomlanishida «venchur fondi» soʻzlari boʻlishi kerak. Fondning ustavida bir qator ma’lumotlar: investitsiya faoliyatiga cheklovlar; mablagʻlarni jalb qilish, loyihalarga investitsiya kiritish toʻgʻrisida va investitsiya kiritilgan korхonalardan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi; dividendlarni toʻlash tartibi va h.k. majburiy tartibda aks ettirilishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.