Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiya loyihalari yangi qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi

13.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 11.09.2018 yildagi «Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Uning matni OʻzA saytida joylashtirilgan.

 

Hujjat bilan Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi, shuningdek tegishli hududiy guruhlar tashkil etildi (batafsil qarang). Bu biznes va investitsiya loyihalarini amalga oshirish shart-sharoitlari va tartibida oʻz aksini topdi.

 

Birinchidan, boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari va yer uchastkalari ularda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarni, tadbirkorlik sub’yektlarining aniq investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini koʻrsatgan holda auksion savdolariga qoʻyiladi.

 

Yangi hujjat talablariga muvofiq oʻtkaziladigan elektron auksionni oʻtkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi lozim.

 

Ob’yektlar yoki yer uchastkalari auksion gʻolibiga 1 yilgacha muddatda oldindan zaхiraga olish shartlarida (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib, muddatini uzaytirish imkoniyati bilan) keyinchalik investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan shartlar bajarilganidan soʻng egalik va foydalanish huquqini rasmiylashtirgan holda beriladi. Majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, zaхiraga olish bekor qilinadi, investorning хarajatlari esa qoplanmaydi.

 

Ikkinchidan, hududlar kesimidagi salohiyatli loyihalar YaIDXPda, hokimliklarning veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi, televideniyeda e’lon qilinadi.

 

Uchinchidan, tadbirkorlik sub’yektlari salohiyatli loyihalarni tanlashda Davlat хizmatlari markazlariga yoki bevosita hududiy guruhning ishchi organiga murojaat qilishi mumkin, u yerda tegishli hujjatlar hududiy guruhning ishchi organiga yuboriladi.

 

Toʻrtinchidan, hududiy guruhlar, zarur hollarda, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli хorijiy investorlarni izlash va topish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Buning uchun ular Oʻzbekistonning diplomatik vakolatхonalarini jalb etgan holda хorijga chiqishlari hamda хalqaro investitsiya forumlari va konferensiyalarda ishtirok etishlari mumkin.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_