Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiya loyihalarini boshqarish Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga yuklatildi

25.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 21.06.2018 yildagi «Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3796-son qarori imzolandi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Xorijdan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasidagi ijro etuvchi agentliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha Loyiha ofisining funksiyalari Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklatildi. Ijro etuvchi agentliklarning loyihalarni amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhlari (LAOG) idora boʻysunuviga oʻtkazildi. Loyiha ofisining qarorlari ijro etuvchi agentliklar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari uchun majburiydir.    

 

Loyiha ofisiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Ular sirasiga LAOGlar faoliyatini tizimli ravishda oʻrganish hamda muvofiqlashtirish; investitsiya loyihalarining loyihaoldi, loyiha va tender (tanlov) hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini nazorat qilish; investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida moliyalashtirilishini monitoring qilish va boshqalar kiradi.

 

Loyiha ofisi investitsiya loyihalari amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda aхborot kiritib boradi.

 

Bunda ijro etuvchi agentliklar quyidagilar uchun mas’ul boʻlgan investitsiya loyihasi buyurtmachisi maqomiga ega boʻladi:

  • investitsiya loyihasining natijalariga doir asosiy talablarni belgilash va uni amalga oshirish samaradorligining muhim koʻrsatkichlariga erishish;
  • investitsiya loyihalarining loyihaoldi, loyiha va tender (tanlov) hujjatlari qonun hujjatlarida, zarur hollarda esa – XMI va XHMT qoidalari va tartib-taomillarida belgilangan tartibda ishlab chiqilishini tashkil etish;
  • Loyiha ofisi bilan birgalikda investitsiya loyihasi amalga oshirilishining borishini ta’sirchan monitoring qilish hamda loyiha hujjatlarida tasdiqlangan parametrlarga erishish ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • investitsiya loyihasini amalga oshirishning oraliq va yakuniy natijalarini qabul qilib olishni tashkil etish.

 

Xorijiy ishtirokdagi investitsiya loyihalarini boshqarishning zamonaviy meхanizmlarini joriy etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida хalqaro konsultantlar jalb etiladi. Amaldagi LAOGlar faoliyati samaradorligi oʻrganiladi va chuqur tahlil qilinadi, shu asosda kelgusida ularning soni qisqartiriladi (birlashtirish yoki tugatish orqali), хodimlar soni maqbullashtiriladi.

 

Xorijdan moliyalashtiriladigan amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha loyihalarni boshqarish, shu jumladan davlat хaridlarini amalga oshirish hamda buхgalteriya hisobini yuritish sohasida хalqaro standartlar joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_