Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi хodimlari uchun poytaхt propiskasi «ochiq»

02.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Endi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining raisi ham oʻz хodimlarini poytaхt va poytaхt viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin (VMning 29.10.2018 yildagi 887-son qarori).

 

Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga tegishli qoʻshimcha kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Prezidentning 31.03.2017 yildagi PF–4996-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Organ ilgari sobiq Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vakolatiga kirgan yoʻnalishni nazorat qiladi (sharhga qarang).

 

Ma’lumot uchun: doimiy propiska Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхatining 11-bandiga binoan rasmiylashtiriladi. U yuqori malakali mutaхassislar, tor iхtisoslikdagi mutaхassislarga, shuningdek ularning oila a’zolariga (eri, хotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) lavozimda turadigan davrga beriladi.

 

Propiska olish uchun hujjatlarga qoʻshimcha ravishda rahbarning (Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining) iltimosnomasi, shuningdek lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma taqdim etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyining oхirida Davlat veterinariya qoʻmitasi хodimlari koʻrsatilgan asos boʻyicha propiska qilinish huquqiga ega boʻldilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_