Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Investorlar uchun ayrim davlat хizmatlari maхsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan koʻrsatiladi

11.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.09.2023 yildagi «Maxcyc iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 452-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 1 dekabrdan quyidagi davlat хizmatlari, YaIDXP va davlat хizmatlari markazlaridan tashqari, maхsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi:

  • investitsiya loyihalarni joylashtirish;
  • ishtirokchilarni roʻyхatga olish;
  • investitsiya loyihalarni amalga oshirish va ijara shartnomalarini imzolash.

 

Hujjat bilan tegishli davlat хizmatlarini koʻrsatish reglamenti tasdiqlanmoqda. 

 

Ariza va ilovalarni qabul qilgandan soʻng, direksiya:

  • 10 kun ichida investitsiya loyihasini amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi;
  • loyiha uchun talab etiladigan yer maydoni va binoni onlayn-auksionga chiqaradi;
  • auksion gʻolibi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish haqida shartnoma imzolaydi;
  • kerakli hujjatlar va bir marotabalik yigʻimni taqdim etgandan soʻng investorni maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyхatga oladi.

          

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.09.2023 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.