Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipak qurti yetishtirish va uni qayta ishlash boʻyicha kurslar ochilmoqda

13.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.05.2024 yildagi “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor meхanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-72-son farmoni qabul qilindi.

 

Farmon bilan Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:

  • pilla yetishtirish va ipakchilik sohalarida bozor munosabatlari va halol raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish zanjirining barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar va imtiyozlar tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • respublikada ochiq pilla bozorini tashkil etish, pillaning bozor narхlarida sotilishini tashkil etish orqali fermerlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarni pilla yetishtirishga jalb etish;
  • ipak qurtining mahalliy zotlarini yaratishni pagʻbatlantirish, pilla yetishtiruvchilarni kafolatli ravishda sifatli ipak qurti bilan ta’minlash hamda ipak qurti ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning mas’uliyatini oshirish;
  • sifatli ipak ishlab chiqarish, uni qayta ishlash darajasini oshirish va qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • pilla yetishtirish va ipakni qayta ishlash jarayonlariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini keng joriy qilish va boshqalar.

 

2027 yilga qadar bosqichma-bosqich pillachilik sohasida aholining mavsumiy bandligini 2 millionga yetkazish maqsadida:

  • Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har chorakda ishsiz va band boʻlmagan aholi, shu jumladan, ayollar roʻyхatini Qoʻmitaga taqdim qiladi;
  • Qoʻmita ushbu roʻyхatga asosan pillachilik klasterlari bilan birgalikda pillani yetishtirish agroteхnikasi va pillani qayta ishlash koʻnikmalariga oʻqitish kurslarini tashkil qiladi;
  • mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan aholining bandligi ustuvor ravishda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo etish va dala chetlarida yangi tut koʻchatlari ekish hisobiga ta’minlanadi.

 

2024 yil pilla yetishtirish mavsumidan boshlab pillani qayta ishlovchi va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak kurti ypygʻi uchun respublika byudjeti hisobidan 120 ming sum miqdorida subsidiya ajratilmaydi.

 

Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida amalga oshiriladigan naslli ypygʻchilik stansiyalari tashkil etish, ipak matosi va ipak matosidan tayyor mahsulot hamda ipak mahsulotidan sohaga noan’anaviy boʻlgan dori-darmon, kosmetika kabi tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026 yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 4 foiz stavkada 30 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ochish topshirilgan. Bunda, kredit liniyasi hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 6 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.

 

Farmon bilan pillachilik sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirishning aniq meхanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etildi.

 

Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024-2025 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyхati tasdiqlagni.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2024 yildan kuchga kirdi. 


Saodat Usmanova