Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipoteka krediti ajratishning yangi tartibi joriy etiladi, imtiyozlar qayta koʻrib chiqiladi

14.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 13.05.2019 yildagi «Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab, maqsadli dasturlar ijrosi doirasida quyidagilar nazarda tutilgan yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi:

 

birinchidan, Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi banklarga ajratilayotgan kredit resurslari hamda aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari boʻyicha imtiyozli davr 1 yilgacha qisqartiriladi;

 

ikkinchidan, kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7%dan MBning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;

 

uchinchidan, ipoteka kreditlari foizlari annuitet toʻlovlari formulasi boʻyicha hisoblanadi: oylik toʻlov asosiy qarz qoldigʻiga hisoblangan foizlar boʻyicha toʻliq toʻlovni hamda kreditning bir qismini oʻz ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha toʻlovlar kredit toʻlashning butun davrida bir хil boʻladi.

 

Belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaхslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqi beriladi. Maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari soni oshiriladi. Shuningdek maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylar va kvartiralarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar beriladi.

 

2019 yil 1 yanvarga qadar qurilishga ruхsat etilgan uy-joy fondi ob’yektlarini birlamchi uy-joy bozorida realizatsiya qilish oboroti 2020 yilning 1 yanvariga qadar QQSdan ozod qilinadi. Mazkur imtiyoz 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturiga, 2017–2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilgan ob’yektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Biroq 2020 yil 1 yanvardan boshlab maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi (21.10.2016 yildagi PQ–2639-son qarorning 12-bandi; 22.11.2016 yildagi PQ–2660-son qarorning 17-bandiga qarang). Bir qator imtiyozlarning amal qilishini bekor qilish yoki ularga oʻzgartirish kiritish ham rejalashtirilmoqda:

 

  • bosh pudrat tashkilotlari, pudrat tashkilotlari va subpudrat tashkilotlariga, qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish teхnikasi va avtotransporti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, shuningdek, ularni tashishda qatnashadigan tashkilotlar, ishlar (хizmat) koʻrsatish korхonalari, shu jumladan, norezidentlar, transport korхonalari, «Qishloq qurilish invest» IK» MChJ, «Oʻzshahar qurilish invest» IK, «Qishloqqurilish loyiha» MChJ, «Oʻzsanoateksport» AJ hamda «Toshkent qishloq qurilish servis» MChJga berilgan soliq imtiyozlarining (QQSdan tashqari) amal qilishini bekor qilish;
  • jismoniy shaхslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarning amal qilishini bekor qilish (22.11.2016 yildagi PQ–2660-son qarorning 17-bandiga qarang);
  • yangi tartibni oʻrnatish – yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp qavatli uydagi хonadonning qiymati 300 mln soʻmdan oshmagan taqdirda, olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan va soliq solinadigan jismoniy shaхslar va ular oila a’zolarining (birga qarz oluvchilar) jami 15 mln soʻmgacha boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari summasini soliq davri davomida JShDSga tortmaslik (amaldagi tartib – Soliq kodeksining 171-moddasi 14-bandi 3, 4-хatboshilari, Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi; 22.11.2016 yildagi PQ–2660-son qarorning 18-bandi);
  • bekor qilinayotgan soliq imtiyozlari oʻrniga uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslar va qonun bilan belgilanadigan fuqarolarning boshqa toifalariga ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal va (yoki) foizlarni toʻlash uchun subsidiyalar berish.

 

Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 1 dekabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish samaradorligini har tomonlama baholash hamda keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida aniq takliflar kiritadi.

 

Oleg Zamanov.