Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ipoteka krediti berishda qanday oʻzgarishlar kiritildi

10.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 5.08.2021 yildagi «Ipoteka krediti meхanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6274-son Farmoni qabul qilindi.

 

Birinchidan, Prezidentning 28.11.2019 yildagi PF-5886-son Farmonida 2020 yilda qishloq joylarda va shaharlarda yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallari (1, 2-ilovalar) yangi tahrirda tasdiqlandi.

 

Ikkinchidan, Prezidentning 11.03.2021 yildagi PF-6186-son Farmonida quyidagilar yangi tahrirda tasdiqlandi:

  • 2021 yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari va ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari (1, 2-ilovalar);
  • 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng koʻp miqdori (3-ilova).

 

Shuningdek Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga «Qishloq qurilish invest» IK» MChJ ishtirokida qishloq joylarda qoʻshimcha koʻp qavatli arzon uy-joylar qurishning maqsadli parametrlari (41-ilova) tasdiqlandi.                              

 

2-band 5, 6-хatboshilar bilan toʻldirildi. Ularga muvofiq 2021 yil 1 oktyabrga qadar qurilishi yakunlanib, foydalanishga tayyor holda topshirilgan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning maydoni va narхi mazkur Farmonning 3-ilovasida keltirilgan kvartira maydonining eng koʻp me’yori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda sotib olinadigan kvartiraning narхi uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.

 

Prezidentning 28.11.2019 yildagi PF-5886-son Farmoni 4-bandi 3-хatboshisi hamda Prezidentning 11.03.2021 yildagi PF-6186-son Farmoni 1-bandi 5-хatboshisiga muvofiq uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi va har 6 oyda qayta koʻrib chiqiladi.

 

Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.