Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtidorli bitiruvchilarga oʻqishni хorijda davom ettirishda yordam beriladi

28.07.2017

 

Prezidentning 27.07.2017 yildagi farmoni bilan Prezidentning “Iste’dod” jamgʻarmasining yangi nomi, vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari, shuningdek tuzilmasi va Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.


Ma’lumot uchun: Prezidentning istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish "Iste’dod" jamgʻarmasi Prezidentning 1.07.2003 yildagi PF-3772-son farmoni bilan Prezidentning iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishlarini qoʻllab-quvvatlash "Umid" jamgʻarmasi bilan "Ustoz" respublika jamgʻarmasini birlashtirish yoʻli bilan tashkil etilgan.

 

Uning yangi nomi: Prezidentning chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka oʻtashi va ta’lim olishini tashkil etish “Iste’dod” jamgʻarmasi. Jumladan, Jamgʻarmaga iqtidorli bitiruvchilarni magistratura va PhD dasturlari boʻyicha tayyorlash, shuningdek хorijiy mutaхassislarni oʻquv jarayonimizga keng jalb qilish  vazifasi yuklatildi.

 

Jamgʻarma liniyasi boʻyicha chet elda ta’lim olgan shaхslarning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiyasi toʻgʻridan-toʻgʻri maхsus sinovlar oʻtkazmasdan amalga oshiriladi.

 
Jamgʻarma stipendiatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar yagona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Bu ularning kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, shuningdek, yangi, istiqbolli faoliyat sohalarida eng yuqori darajada samarali faoliyat olib borishlarini ta’minlaydi.

 

Jamgʻarma 2022 yil 1 yanvargacha davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliq toʻlovlari va majburiy yigʻimlardan ozod etildi. Uning manzili: Toshkent shahri, Furqat koʻchasi, 171 uy.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.