Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2027 yildan boshlab bola parvarishi boʻyicha nafaqani kim toʻlaydi va PF 193-son Farmonga muvofiq yangi imtiyozlar Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini moliyalashtirish kengaytiriladi

21.07.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.07.2026 yildagi PF-138-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjatda koʻzda tutilgan maqsadlar:

• Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

• ularning iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish boʻyicha faoliyatini davom ettirishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.

 

Prezidentning ayrim hujjatlariga Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish va Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalarini kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Xususan, hujjat bilan Prezidentning 09.09.2019 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PF-5815-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Belgilanishicha, Jamgʻarmaning 2026 yildagi daromadlari respublika byudjetining II chorak yakunlari boʻyicha daromadlar rejasining 100 mlrd soʻm miqdoridagi oshirib bajarilgan qismi, shuningdek, Jamgʻarma Vasiylik kengashi qaroriga asosan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablagʻlaridan tegishli mablagʻlarni yoʻnaltirish orqali shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                               Lola Abduazimova