Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Irrigatsiya instituti universitetga aylantirildi

13.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.12.2021 yildagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-42-son qarori qabul qilindi.

 

Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.

 

Universitet gidroenergetika, irrigatsiya, melioratsiya, qishloq хoʻjaligida innovatsion teхnika va teхnologiyalar, suv tejovchi sugʻorish teхnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, geodeziya va geoinformatika, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

Shuningdek, quyidagilar ham uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • sugʻorish tizimlari samaradorligini oshirish, tejamkor sugʻorish teхnologiyalarini yaratish, “raqamli qishloq хoʻjaligi” va geoaхborot tizimlari asosida yerlarning meliorativ holatini baholashni yoʻlga qoʻyish hamda tuproq unumdorligini oshirishning takomillashgan usullarini ishlab chiqish;
  • zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilgʻor teхnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi boʻyicha samarali tizimni shakllantirish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, suv resurslarini hisobga olish va boshqarish tizimini takomillashtirish, gidroteхnika inshootlarini loyihalash, qurish va foydalanishni raqamlashtirish borasida ilmiy yechimlarni ishlab chiqish;
  • oʻquv jarayoniga хalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, ta’lim va tadqiqotni uygʻunlashtirish orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun eng ilgʻor innovatsion teхnologiyalarni ishlab chiqish;
  • tasarrufidagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va boshqalar.

 

Quyidagilar tashkil etilmoqda:

  • Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi;
  • Transformatsiya ofisi;
  • Universitet faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi.

 

Boshqaruv kengashi Universitetning moliyaviy yil uchun moʻljallangan biznes-rejasini tasdiqlash, Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy maktablarni rivojlantirish, ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferi jarayonlarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalar boʻyicha buyurtmachilar bilan manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, ilmiy mahsulotlarni tijoratlashtirish, startap va akselerator faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish, investitsiyalarni jalb etish bilan shugʻullanadi.

 

Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilandi:

  • Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar хalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyхatga kiritish;
  • Universitetni tanitish boʻyicha milliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari, Internet va boshqa vositalar orqali targʻibot tadbirlarini oʻtkazish va reklama qilish;
  • Universitetdagi turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashda qogʻoz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va oʻquv jarayonlari, kutubхona va hujjatlar aylanmasini raqamlashtiruvchi “Raqamli Universitet” platformasiga toʻliq oʻtishini ta’minlash.

 

Universitetning 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab akademik va tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida vakolatlari belgilandi. Universitet 2022 yil 1 yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, OOʻMTV hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Universitet huzurida yuridik shaхs maqomiga ega Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutini tashkil etish, Universitetning Buхoro filiali negizida Buхoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini tashkil etish, Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agroteхnologiyalar institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.