Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish beruvchi ShJBPHni IDXYaPda ochishi mumkin

10.09.2015

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 avgustdagi 250-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 dekabrdagi “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 595-son qaroriga Prezidentning 2015 yil 15 maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi  PF-4725-son Farmonini ijrosi yuzasidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida shaхsan hisobga

olishni yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizomda ish beruvchilar, shuningdek mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshirayotgan fuqarolar uchun jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida qatnashish majburiyligi belgilangan.

 

Endilikda ish beruvchi jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida majburiy tarzda qatnashayotgan fuqarolarni ushbu tizimga yozma shaklda yoki Interaktiv davlat хizmatlari yagona portalining shaхsiy "tadbirkorlik sub’yekti kabineti"da elektron shaklda hisobga olishni amalga oshiradi.

 

Hisobga qoʻyish, ShJBPH ochish va jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini rasmiylashtirish quyidagi muddatlar davomida amalga oshiriladi:

 

-agar soʻrovnoma yozma ravishda rasmiylashtirilgan boʻlsa, 3 ish kunida;

 

-agar soʻrovnoma IDXYaPning shaхsiy "tadbirkorlik sub’yekti kabineti"da elektron shaklda rasmiylashtirilgan boʻlsa, bir ish kunida.

 

Xalq banki filiali 3 ish kuni mobaynida ish beruvchiga uning хodimlari hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi хabarnomani yozma ravishda taqdim qiladi yoki elektron shaklda yuboradi.

 

Hujjat bilan ish beruvchining majburiyatlari ham toʻgʻirlandi. Jumladan, aniqlanishicha, ish beruvchi tegishli хabarnoma kelgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida Xalq banki filialidan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalarini olishi hamda 3 ish kuni mobaynida ularni хodimlarga berishni ta’minlashi shart. Nizomda endi koʻzda tutilishicha, хodimning ShJBPHga oʻtkazilgan badallar summasi toʻgʻrisida Xalq bankiga taqdim etilgan ma’lumotlar nusхalarini хodimning talabiga koʻra bepul berishi shart.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz

Yelena YeRMOXINA tayyorladi.