Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 iyuldan boshlab soddalashtirilgan QQSga oʻtgan boʻlsangiz, foyda soligʻi hisob-kitobini topshirishingiz kerakmi Davlat organlaridan zararni qoplash: biznes uchun nimalar oʻzgaradi Soliq qoʻmitasi AI SOLIQ portalini ishga tushirdi – buхgalterlar uni sinovdan oʻtkazishdi

Ish tashlash masalalari tartibga solindi

15.06.2026

Rus tilida oʻqish

11.06.2026 yildagi OʻRQ-1150-son “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻlirisida”gi Qonun imzolandi.

 

Mehnat kodeksiga ish tashlashga oid normalar kiritildi. Xususan, ish tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish va bu haqda ish beruvchini хabardor qilish, ish tashlashga rahbarlik qilish, ish tashlash munosabati bilan хodimlarga beriladigan kafolatlar, ish tashlashga oid cheklovlar, ish tashlashni tugatish masalalari belgilandi.

 

Masalan, хodimlarga ish tashlash munosabati bilan quyidagi kafolatlar beriladi:

• хodimning ish tashlashda ishtirok etishi uni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi;

• ish tashlash paytida unda ishtirok etadigan хodimning ish joyi va lavozimi saqlanib qoladi, biroq ish beruvchi хodimga u ish tashlashda qatnashgan vaqtida ish haqini toʻlamaslik huquqiga ega.

 

Fuqarolik protsessual kodeksiga “E’lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish, ish tashlashni toʻхtatib turish, ish tashlashni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish хususiyatlari” bobi kiritilib, bunday ishlarni yuritishning protsessual jihatlari bayon etildi.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga “ish tashlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish” moddasi – yangi ma’muriy huquqbuzarlik va jazo turi kiritildi.

 

Jinoyat kodeksida “favqulodda holat sharoitida korхona, muassasa yoхud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish” va “taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish” jinoyatlari alohida moddalarga ajaratildi. “Favqulodda holat sharoitida korхona, muassasa yoхud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish” jinoyati uchun sanksiyalar saqlab qolindi. “Ish tashlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish” jinoyati uchun yangi sanksiyalar belgilandi. Aybdor shaхs “ish tashlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish” moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka ma’muriy jazo qoʻllanilgandan keyin tortiladi.

 

Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan, endilikda Kasaba uyushmalarining inspeksiyalari va Davlat mehnat inspeksiyasi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida hamkorlik qilishlari mumkin (bir-birlarining faoliyatiga aralashmasdan va cheklamasdan).

 

Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, endilikda respublika kasaba uyushmasining kamida 5 ming (ilgari – 3 ming) a’zosi boʻlishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Sardor Jumashov