Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish oʻrinlarini tashkil etish uchun – subsidiyalar

25.03.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 5.03.2019 yildagi «2019 yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida»gi PQ–4227-son qarori qabul qilindi.

 

2019 yilda 370 mingdan ortiq ish oʻrinlari tashkil etiladi, 182 mingdan ortiq fuqarolar mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band boʻladi.

 

Davlat buyurtmasi doirasida 64 mingdan ortiq boʻsh (vakant) ish oʻrinlari tashkil etiladi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaхslar uchun esa 46 mingdan ortiq ish oʻrinlari band qilinadi.

 

2019 yilda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 9 867,5 mln soʻm miqdorida subsidiyalar va grantlar, 195 000 mln soʻmlik mikrokreditlar ajratish parametrlari tasdiqlandi.

 

Qarorga muvofiq, quyidagilarga subsidiyalar ajratiladi:

  • ish beruvchilarga – aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan хodimlarni qayta tayyorlashga sarflanadigan хarajatlarni qoplash uchun, har bir хodim uchun 6 oy davomida har oyda 4 EKIH (810 ming soʻm – material e’lon qilingan sanada) miqdorida;
  • aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyхatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni хohlovchi ishsiz shaхslarga – biznesni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun, 10 EKIH (2,27 mln soʻm) miqdorida;
  • ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaхslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir хodim uchun 12 oy davomida har oyda 2 EKIH (405 ming soʻm) miqdorida;
  • yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalari хarid qilish uchun – 3 EKIHdan 10 EKIHgacha (608 mingdan 2 mln soʻmgacha) miqdorda.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga oʻzini oʻzi band qilish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini kiritish, bunda ularning egalariga ragʻbatlantiruvchi imtiyozlarni joriy etish tartibi yuzasidan taklif kiritish vazifasi topshirildi, unda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:

  • oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar tomonidan vaqtinchalik mehnat guvohnomasi uchun toʻlov amalga oshirilgan davrni mehnat stajiga kiritish;
  • pensiya olish huquqi yuzaga kelgandan soʻng, vaqtinchalik mehnat guvohnomasi orqali oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga pensiya tayinlash tartibini joriy etish;
  • Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan imtiyozli kredit ajratish;
  • vazirlik tizimidagi kasb-hunar kollejlari, «Ishga marhamat» markazi va kasbga oʻqitish markazlarida tadbirkorlik va kasbga oʻqitish kurslarida bepul oʻqitish. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.