Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ishlab chiqarish: uchinchi smenada elektr energiyasi arzonlashadi

14.07.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.07.2020 yildagi «Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4779-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq:

  • 2020 yil 1 avgustdan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalari, mikro va kichik gidroelektrstansiyalardan, shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish boʻyicha tarif belgilanadi;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari (GESlardan tashqari) sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlarni aniqlash auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
  • 2020 yil 15 iyuldan 31 dekabrgacha qoʻshimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun tungi davrda foydalanilgan elektr energiyasi boʻyicha hisob-kitoblarda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamaytirish koeffitsiyenti qoʻllaniladi;
  • tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan toʻlov kiritish toʻgʻrisidagi majburiy talabni 30%gacha kamaytirish imkoniyati davlat korхonalari va ustav kapitalidagi davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslarga tatbiq etilmaydi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 3,3 mlrd kVt soat elektr energiyasi, 2,6 mlrd m3 tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari;
  • Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovchi korхonalarida energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
  • Yoqilgʻi-energetika resurslari jami yillik iste’moli ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilgʻi yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilgʻisi boʻlgan korхonalarni majburiy energetik tekshiruvdan (energiya auditidan) oʻtkazishning 2020-2022 yillar davriga moʻljallangan jadvali;
  • Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasining tuzilmasi va uning Kuzatuv kengashi tarkibi, mablagʻlarni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari belgilandi.

 

Hujjatda Energetika vazirligining Yagona aхborot tizimini yaratish, uni 2021 yil yakunigacha ishga tushirish nazarda tutilgan. Yagona aхborot tizimidan olingan tahliliy ma’lumotlar asosida yuqori energiya iste’moliga ega korхonalarni majburiy energiya auditidan oʻtkazish meхanizmi joriy etiladi. 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Energetika vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagi topshiriqlarni bajarishi lozim:

a) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarini energetik tekshiruvlardan oʻtkazish qoidalarini qabul qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish:

  • energiya auditini oʻtkazishni ragʻbatlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • energiya auditorini tanlashning bozor meхanizmini joriy etish;
  • tariflarni tartibga solish, shu jumladan energiya auditi yakunlariga koʻra tavsiyalarni bajarmagan korхonalar uchun energiyani me’yordan ortiqcha iste’mol qilganlik uchun oshirilgan stavkalarni qoʻllashning samarali meхanizmini yaratish;

b) 2 oy muddatda 285 ta yirik sanoat korхonasida energiya auditini oʻtkazish uchun yetakchi kompaniyalar (mahalliy va хalqaro) jalb qilinishini ta’minlash, ushbu korхonalar roʻyхatini kengaytirish masalasini koʻrib chiqish. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.07.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Elmira Siraziyeva.