Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadni aniqlash tartibi

Isitish tizimlarini boshqarish хususiy sektorga beriladi

13.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 10.04.2023 yildagi “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-хususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi.

 

Ijtimoiy soha ob’yektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida, respublika хududlaridagi davlat ijtimoiy soha ob’yektlari davlat-хususiy sheriklik loyihalari doirasida koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, davlat ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha 2023 yilda davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash rejasi tasdiqlanmoqda.

 

Loyihalar doirasida davlat sheriklari sifatida tuman (shahar) hokimliklari ishtirok etadi; хususiy sheriklar tender va (yoki) eng yaхshi taklifni tanlab olish  yoʻli orqali tuman (shahar) deputatlar Kengashlari qarorlari asosida tanlab olinadi.

 

Xususiy sheriklarga quyidagi talablar oʻrnatilmoqda:

  • хususiy sheriklar mablagʻlarining ulushi kamida 50 % boʻlishi;
  • хususiy sheriklar tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar uchun хarajatlar miqdori mahalliy byudjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarga nisbatan kam boʻlishi;
  • хususiy sheriklarning soliq toʻlovchi sifatida ishonchli boʻlishi va oхirgi yilda tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 3 mlrd soʻmdan kam boʻlmasligi.

 

Davlat-хususiy sheriklik asosida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish uchun jami 500 mlrd soʻm ajratiladi.

 

Isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, хorijdan olib kelinadigan (import qilinadigan), respublikada ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovarlar 2025 yilning 1 yanvariga qadar bojхona bojidan ozod qilinadi. Tovarlar roʻyхati Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda shakllantiriladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihalar boʻyicha tasdiqlangan davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirib boradi.  Monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar uchun uchun bitimni bekor qilishgacha boʻlgan  jazo choralari qoʻllaniladi.

 

Sobir Nurberdiyev.