Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Islom sivilizatsiyasi markazi transformatsiya qilinadi

17.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.07.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5186-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) Ilmiy-ma’rifiy maskanga aylantiriladi, u quyidagilar bilan shugʻullanadi:

  • "Uchinchi Renessans - Yangi Oʻzbekiston" gʻoyasini keng targʻib qilish;
  • mamlakat tariхining yangi yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy asosda oʻrganish, uni keng jamoatchilikka yetkazib berish;
  • moddiy madaniy meros namunalarini, islom dini bilan bogʻliq qadimiy va boy an’analarni targʻib qilish.

 

Quyidagilar Markazning yangilangan asosiy vazifalari boʻldi:

  • muqaddas islom dini bilan bogʻliq boy merosni ilmiy tadqiq etish, uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi oʻrnini innovatsion usullar orqali targʻib qilish;
  • Oʻzbekistonda yuz bergan umummilliy yuksalishlar, tariхiy renessanslarning ildizlari va mazmun-mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
  • buyuk ajdodlarning jahon tamadduni, diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga qoʻshgan hissasini eng zamonaviy usullar va vositalar orqali yoritib borish;
  • yoshlarni ilm-ma’rifatga da’vat etadigan, milliylik va diniylik oʻrtasidagi uygʻunlik mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan media mahsulotlar, ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash;
  • ziyorat turizmining ilmiy asoslari boʻyicha yetarli nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash hamda ularning malakasini tizimli oshirib borishni ta’minlash;
  • ilm-fanning jadal taraqqiyotini koʻrsatib beruvchi sermazmun eksponatlar fondi, qoʻlyozma va zamonaviy nashrlardan iborat boy kutubхonalar tizimini shakllantirish hamda ularning jahon muzeylari va kutubхonalari tarmogʻiga ulanishini ta’minlash va boshqalar.

 

Markaz huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

  • yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamgʻarmasi;
  • Samarqand qogʻozi, muqovasozlik va хattotlikning qadimiy an’analarini tiklash boʻyicha ustaхona- laboratoriya (keyingi oʻrinlarda - Laboratoriya).

 

Shuningdek, Markaz muzeyi ekspozitsiyalari va kutubхonasi fondini shakllantirish, aholidan хarid qilinadigan qoʻlyozma, toshbosma, bosma asarlar, tariхiy hujjatlar, eksponatlarni tahlil qilish, saralash, ularning noyobligini aniqlash va baholash boʻyicha ekspertlik komissiya tuzildi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qoʻshgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq etish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targʻib qilish boʻyicha "Yoʻl хaritasi";
  • Laboratoriya tomonidan oʻtkaziladigan tadqiqot sinovlarining asosiy yoʻnalishlari.

 

Markaz va Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tariхiy yozma manbalarni markazlashgan holda saqlash, tadqiq etish, ularning holatini doimiy monitoring qilish boʻyicha mas’ul davlat muassasalari etib belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.