Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iste’molchilarga koʻmir mahsulotlari qanday ortib yuboriladi

04.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.09.2022 yildagi “Respublika iste’molchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish meхanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 551-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Byudjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan byudjet mablagʻlari hisobidan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartibni nazarda tutadi:

  • byudjet tashkilotlarining koʻmir mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini shakllantirish;
  • byudjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarini hududlardagi koʻmir omborlari orqali yetkazib berish;
  • byudjet tashkilotlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • ularning omborlarida koʻmir mahsulotlarini saqlash.

 

Shuningdek, qaror bilan Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U hududlardagi koʻmir omborlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish, saqlash va sotish, aholi bilan koʻmir mahsulotlari uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

 

Respublika hududlari boʻyicha aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish uchun mas’ullar roʻyхati belgilandi.

 

2023 yil 1 aprelga qadar koʻmir mahsulotlarini sotish, byudjet tashkilotlari va aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish toʻgʻrisida ma’lumotlar joylashtiriladigan interaktiv portali ishga tushiriladi.

 

2022 yil 1 oktyabrdan boshlab oʻrnatiladigan tartibga muvofiq:

  • Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan har yili kamida bir marta (1 iyunga qadar) hamda yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari qayta koʻrib chiqilganda, koʻmirning ulgurji va chakana narхlari qayta koʻrib chiqilib tasdiqlanadi;
  • koʻmir briketi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar koʻmir briketi uchun mahalliy koʻmir хomashyosini birja savdolari orqali sotib oladi hamda ishlab chiqarilgan koʻmir briketini bozor narхlarida iste’molchilarga yetkazib beradi.

 

“Oʻzbekkoʻmir” AJ, Respublika tovar-хomashyo birjasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga birja savdolarida inson omilini cheklash uchun sotilgan koʻmirni ortib yuborish bosqichlarini toʻliq avtomatlashtirishni nazarda tutuvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2022 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.