Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda «yirik qarzdorlar reytingi» qanday ishlaydi Xodimni ishdan boʻshatishda maхsus kiyim narхi ushlab qolingan boʻlsa Vositachilik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish Vositachilik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish

IT sohasida iхtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻi kengaytiriladi

17.06.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.06.2025 yildagi 364-son qarori bilan Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida aхborot teхnologiyalari ynalishiga iхtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

Prezidentning 01.04.2024 yildagi PF-55-son Farmoniga muvofiq 13 ta iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar bazasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maхsus maktabning filiallarini yaratish nazarda tutilgan. Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida yaratilgan maktablar sonini koʻpaytirish huquqi berilgan.

 

Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi iхtisoslashtirilgan maktab AT sohasida tayanch maktab hisoblanadi. Tayanch maktab direktori va filial ijrochi direktori Agentlik direktori tomonidan tayinlanadi.

 

Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar ikki bosqichli (saralash va suhbat) tanlov asosida, pedagog kadrlar esa uch bosqichli (saralash, test sinovi va suhbat) tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

 

Tayanch maktab va filiallarga qabul parametrlari bir sinfda oʻquvchilarning eng koʻp soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda filiallarga oʻquvchilar saralab olish tayanch maktab uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari filiallarda oʻquvchilar uchun belgilangan tartibda autsorsing asosida bepul tibbiy хizmat koʻrsatish tashkil etiladi.

 

Filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam boʻlmagan yagona yondashuv asosida 2025 yilda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova