 Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024 yildagi “IT-хizmatlar eksporti yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaхassislarni tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 86-son qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024 yildagi “IT-хizmatlar eksporti yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaхassislarni tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 86-son qarori qabul qilindi. 
Ma’lumot uchun: 2024 yil 1 martdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchilari IT-хizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ishga joylashganda bir martalik subsidiya ajratiladi.
Subsidiya olish uchun bitiruvchi oʻqishni tamomlaganidan keyin 3 oy muddatda tashkilotga ishga joylashgan boʻlishi, tashkilotda 6 oydan ortiq muddat davomida uzluksiz ravishda ishlab kelayotgan boʻlishi lozim.
Subsidiya olish jarayoni YaIDXP orqali amalga oshiriladi.
Hujjat bilan subsidiyalar miqdorlari tasdiqlanmoqda:
| T/r | Bitiruvchining 6 oy uchun oʻrtacha ish haqi | Bir nafar bitiruvchiga ajratiladigan subsidiya miqdori | Nogironligi boʻlgan bir nafar bitiruvchiga ajratiladigan subsidiya miqdori | 
| I. Toshkent shahri boʻyicha | |||
| 1. | 10 MHEKMdan yuqori | 75 BHM | 105 BHM | 
| 2. | 6-10 MHEKM | 50 BHM | 75 BHM | 
| 3. | 3-6 MHEKM | 25 BHM | 50 BHM | 
| II. Boshqa hududlar boʻyicha | |||
| 4. | 6 MHEKMdan yuqori | 75 BHM | 105 BHM | 
| 5. | 4-6 MHEKM | 50 BHM | 75 BHM | 
| 6. | 2-4 MHEKM | 25 BHM | 50 BHM | 
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.02.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev





 
                    