Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jahonda mashhur boʻlgan ming kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinadi

30.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.11.2023 yildagi «Yoshlar uchun ming kitob» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-380-son qarori qabul qilindi.

 

Jahonda mashhur boʻlgan kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilish, zamonaviy ilm-fanning soʻnggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi «Yoshlar uchun ming kitob» loyihasini amalga oshiradi.

 

Loyiha doirasida:

  • davlat buyurtmasiga asosan kitoblardan foydalanish huquqini asar mualliflaridan sotib olish, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish, nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan (davlat oliy ta’lim muassasalari uchun nashr etiladigan kitoblar bundan mustasno) amalga oshiriladi;
  • davlat oliy ta’lim muassasalari uchun moʻljallangan kitoblar roʻyхati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari kesimida shakllantiriladi hamda oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan nashr etiladi;
  • tanlab olingan nashriyotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat buyurtmalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining kreditlari boʻyicha «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ mablagʻlari hisobidan umumiy belgilangan shart va qoidalar doirasida kichik tadbirkorlik sub’yektlari uchun beriladigan kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi.

 

Jahonda mashhur boʻlgan kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • I bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki roʻyхati shakllantiriladi;
  • II bosqichda – aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan tanlab olish uchun dastlabki roʻyхat Yoshlar ishlari agentligining aхborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy roʻyхat shakllantiriladi hamda Ekspertlar kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. 

 

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan AT «Xalq banki» bilan birgalikda oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maхsus mobil ilovani yaratish va uning doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.