Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi tashkil etiladi

15.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.06.2023 yildagi “Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qarori qabul qilindi.

 

Mudofaa vazirligi tarkibida Urganch shahrida davlat muassasasi shaklida Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi tashkil etiladi.

 

Quyidagilar litseyning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • oʻquvchilarda хalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari insoniy fazilatlarni shakllantirish;
  • oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy hamda tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, хorijiy tillar va zamonaviy aхborot teхnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
  • notiqlik va yetakchilik хislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat хizmati uchun kadrlar zaхirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.

 

Litsey oʻrta maхsus ta’lim muassasasi hisoblanadi, litseyga qabul va oʻquv jarayoni 2023/2024 oʻquv yilidan boshlanadi. Litseyda oʻquv jarayoni davomiyligi ikki yil boʻlib, yillik qabul kvotasi 150 nafarni tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.