Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga qanday hisobga qoʻyiladi

30.03.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 26.03.2018 yildagi 238-son qarori bilan Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.  

 

Eslatib oʻtamiz, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida (JBPT) ishtirok etish ikki shaklda amalga oshiriladi:

  • ish beruvchilar, shuningdek mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolar uchun – majburiy (agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa). Hisobga qoʻyishga murojaatni ish beruvchi beradi;
  • yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon хoʻjaliklari a’zolari, shuningdek boshqa fuqarolar uchun – iхtiyoriy tartibda. Hisobga qoʻyishga murojaatni fuqaro beradi.

 

1 apreldan quyida bayon etilgan usullardan birida JBPTda hisobga qoʻyish boʻyicha davlat хizmatlarini olish mumkin.

 

I. Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etgan holda. Markaz хodimi arizachi nomidan, belgilangan shakldagi anketani elektron tarzda toʻldiradi. Markaz anketa toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni Xalq bankiga yuboradi. Xalq banki anketa kelib tushgandan soʻng bir kun ichida Markazga хabarnomani joʻnatadi, Markaz bir soat mobaynida arizachini JBPTda hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida хabardor qiladi.

 

II. YaIDXP orqali. Roʻyхatdan oʻtib, tegishli хizmatni tanlagach, anketa mustaqil ravishda toʻldiriladi. Anketa avtomatik tarzda Xalq bankiga yuboriladi. Arizachi undan JBPTda hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi elektron хabarnomani oladi. Portalga har bir bosqichda murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi funksional oʻrnatiladi.

 

Shuningdek quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim:

 

a) har ikkala holatda ham хizmatni olish uchun ERI talab etiladi. Markazga oʻzi kelib murojaat etganda ERIni joyida olish mumkin;

 

b) anketada fuqaroning identifikatsiya raqami (shaхsiy kod) koʻrsatiladi. Agar uning pasportida koʻrsatilmagan boʻlsa, arizachi yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan kodni soʻrab oladi.

 

v) JBPTda hisobga qoʻyish bepul amalga oshiriladi;

 

g) davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻla oladi (boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi):

  • arizachilarda ERI mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi;
  • anketada notoʻgʻri ma’lumotlar koʻrsatilishi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2018 yildan amalga kiritiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_